Aviachiptalar butun dunyo
bo’ylab uchun eng qulay narxlar

Bronlash 24 soat davomida, tel:

+79219511195

Kompaniya haqida

«OMAD GROUP» MCHJ – 2010 yildan beri faoliyat yuritayotgan Sankt-Peterburg shahridan o’z ofislariga ega bo’lgan butun dunyo bo’ylab avia va temir yo’l chiptalarini sotish agentligidir. Kompaniya eng yetakchi avia tashuvchilardan keng ko’lamli reyslarni taklif etadi, eng mashhur yo’nalishlar bo’yicha aksiyali aviachiptalarni yangilab turadi.

Rossiya va dunyo bozorida uzoq yillar davomida ishlash butun dunyo bo’ylab eng yaxshi aviakompaniyalar bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnatishga imkon berdi. Xizmat ko’rsatish darajasi va mutaxassislarning har bir buyurtmachi bilan shaxsan ishlahlarini ko’p sondagi mijozlar qadrlashadi. Korporativ sayohatlarni tashkil etishda ko’pchilik biznes-hamkorlarga aylanishadi. Agentlik maxsus shartlar asosida «O’zbekistob havo yo’llari» MAK bilan yaqindan hamkorlik qiladi, shuning uchun uning sayti orqali O’zbekistonga arzon chiptalarga buyurtma berish mumkin. Kompaniya minglab  insonlarning ishonchini qozongan holda Sankt-Peterburt shahridan O’zbekiston shaharlariga yo’nalgan uchishlarni tashkil etishda yetakchilardan biriga aylandi.  

«OMAD GROUP» aviatashuvlari – bu:

  • chiptalar borligi to’g’risida eng yangi ma’lumot;
  • to’lovning haqqoniyligi va to’g’riligi (naqd va naqdsiz to’lov);
  • yuqori darajadagi sifatli xizmat ko’rsatish;
  • adolatli narxlar;
  • doimiy ravishda yangilanib va to’ldirib boriladigan aksiyalar va takliflar;
  • ofislarda va telefon orqali bepul maslahatlar;
  • minnatdorchilik va sertifikatlar bilan tasdiqlangan sifat.

Saytda onlayn rejimda juda qulay kechayu-kunduz bron qilish shakli orqali aviachiptalarga buyurtmalar berish mumkin. Siz uchish jadvalini tekshirishingiz, uchish haqida aniq ma’lumotlarni, jumladan, sanasi, vaqti, yo’lovchilar soni va yoshini, xizmat ko’rsatish darajasini, aniqlashingiz mumkin bo’lib, bu eng yaxshi yo’nalishni tanlashga imkon beradi. Samolyotga chiptalarni tanlashda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelganingizda Siz bizga ushbu (812) 95-111-95 raqami orqali qo’ng’iroq qilishingiz mumkin va professional maslahatchilar istalgan savolingizga javob berishadi.

«OMAD GROUP» MCHJ t/y chiptalarini sotish bilan ham shug’ullanadi. Temir yo’l transporti uchun chiptalar faqatgina kompaniyaning Sankt-Peterburg shahridagi ofislarida sotiladi. Ular haqida bu yerda batafsil o’qib olish mumkin.

Bizning maqsadimiz: eng arzon narxlarda eng ideal reysni tanlash

«Vaqt, texnik xususiyatlar va chipta narxi buyurtmachini xursand qilishi juda ajoyib lahza. Yo’lovchilarning mamnun yuzlari – bizning ishimiz uchun arzirli mukofotdir. Biz doimiy ravishda biznes jarayonlarni mukammalashtirib boramiz, faqatgina o’z ishinig ustasi va xushmuomala xodimlarni safimizga qo’shamiz. Eng yaxshi xodimlar eng yaxshi kompanilar bilan ishlashadi!» – «OMAD GROUP» direktori.

Sankt-Peterburg shahridagi ofislar:

  • «Ulitsa Dybenko» metros stansiyasi
    Bolsheviklar shohko’chasi 24-uy, 1-x.
    «UYUT» Savdo Markazi, 6-bo’linma
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)

  • Mayakovskiy/«Ploshad’ Vosstaniya»
    metro stansiyasi
    «Goncharnaya» ko’chasi 16-uy
    954-23-24 / +7 (953) 158-23-24

  • «Frunzenskaya» metro stansiyasi
    Moskva shohko’chasi 65-uy
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)
    959-58-43