Aviachiptalar butun dunyo
bo’ylab uchun eng qulay narxlar

Bronlash 24 soat davomida, tel:

+79219511195

Korporativ mijozlarga

Muvaffaqiyatli ish safari garovi – diqqat bilan rejalashtirish va oqilona tahskil etishdir

«OMAD GROUP» MCHJ kompaniyasi yetakchi tashkilotlar bilan ishlash bo’yicha ko’p yillik hamkorlik tajribasiga ega, shuning uchun agar Siz tadbirkorlik sayohatlari bo’yicha ishonchli biznes hamkor izlayotgan bo’lsangiz, u holda Siz «OMAD GROUP» mutaxassislariga ish va shaxsiy sayohatlarni tashkil qilishni ishonib topshirishingiz va ulardan ma’lumot olib turishingiz mumkin.

Zamonaviy tushuncha bo’yicha tadbirkorlik bilan shug’ullanish tashqi aloqalarni o’rnatish va, ba’zan, sayyoramizning turli mintaqalarida, tadbirkorlikka oid masalalrni hal qilishni taqozo etadi. Bundan tashqari, kompaniyaning yaxlit madaniyatini shakllantirish va jamoa ruhini ko’tarish uchun, firmalar tez-tez birgalikdagi dam olish tadbirlari va norasmiy vaziyatdagi biznes uchrashuvlarni tashkil qilishadi.

Bunday sharoitda tez-tez bo’lib turadigan safarlarni tashkil etishning eng maqbul varianti chipta sotishga oid korporativ xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzishdan iborat bo’ladi.

Korporativ shartnoma tuzish afzalliklari:

  • tashuvchining aksiyalari to’g’risida tezkor ma’lumot;
  • doimiy mijozlar uchun korporativ chegirmalar;
  • xalqaro va mahalliy kompaniyalar samolyotlariga chiptalarni bron qilish;
  • aviasayohatlar sohasida byudjetni optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar;
  • Sizning kompaniyangizga biriktirilgan shaxsiy menejer;
  • aviasayohat uchun zarur hujjatlarni tayyorlash bo’yicha maslahat berish;
  • aviasayohatlarni narx, uchish vaqti va bo’lishi mumkin bo’lgan samolyotdan sanolyotga o’tishlarni inobatga olgan holda rejalashtirish;
  • madaniy-ko’ngiochar dasturlani tuzish bo’yicha tavsiyalar;
  • Mavzuli tadbrilarni (anjumanlar, seminarlar) tashkil etishda yordam.

«OMAD GROUP» MCHJ bilan shartnoma tuzib, Siz o’z kompaniyangiz uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlik sayyohligini tashkil etish bo’yicha birinchi qadam qo’yasiz. Siz o’z Shaxsiy menejeringiz bilan bog’lanib, eng arzon narxlarda eng maqbul marshrutlarni tanlashga sarflaydigan vaqtingizni tejaysiz.

Aloqa o’rnatish, ishonch va o’zaro hamjihatlik

«OMAD GROUP» MCHJ barcha xohlovchilarga, avia va t/y chiptalarning narxlarini bilish, korporativ xizmat ko’rsatish bo’yicha shartnoma tuzish mumkin bo’lgan bizning Sankt-Peterburg sharidagi ofisimizga tashrif buyurishni taklif etadi. Ofisimizda Siz har doim chiptalar borligi to’g’risida to’liq ma’lumot olishingiz, marshrutingizni rejalashtirishingiz va menejerga Sizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin.

Sankt-Peterburg shahridagi ofislar:

  • «Ulitsa Dybenko» metros stansiyasi
    Bolsheviklar shohko’chasi 24-uy, 1-x.
    «UYUT» Savdo Markazi, 6-bo’linma
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)

  • Mayakovskiy/«Ploshad’ Vosstaniya»
    metro stansiyasi
    «Goncharnaya» ko’chasi 16-uy
    954-23-24 / +7 (953) 158-23-24

  • «Frunzenskaya» metro stansiyasi
    Moskva shohko’chasi 65-uy
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)
    959-58-43