Aviachiptalar butun dunyo
bo’ylab uchun eng qulay narxlar

Bronlash 24 soat davomida, tel:

+79219511195

Eng yangi takliflar

  • Санкт-Петербург - Ташкент
    от 9999 руб.
    через Москву

  • Санкт-Петербург - Самарканд
    от 9999 руб.
    через Москву

  • Санкт-Петербург - Ургенч
    от 12750 руб.
    через Москву

  • Санкт-Петербург - Фергана
    от 12750 руб.
    через Москву

Biz haqimizda

Aviatransport yildan-yilga turli mamlakatlardagi yo’lovchilar orasida mashhurroq bo’lib bormoqda. Zamonaviy xavfsizlik texnologiyalari, harakat tezligi, hech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydigan qulaylik ko’proq insonlarni jalb qilmoqda. Tajribali yo’lovchilar ko’proq sayohatlar haqida umumiy ma’lumot emas, balki batafsilroq jihatlar bilan qiziqishmoqda: samolyot chiptasini qayerda arzonroq xarid qilish mumkin, qachon va qanday uchish eng qulay, o’z yuki xavfizligini qanday ta’minlash va samolyot ichiga nimalarni olib kiris mumkin, marshrutni qanday rejalashtirish, sayohat vaqtini qanday hisoblash, yo’lda bir samolyotdan ikkinchisiga o’tishdagi vaqt yo’qotishni ko’zda tutish va ko’pgina boshqa masalalar. Bunda tajribali sayyohlar va tadbirkorlar tor sohaga ixtisoslashgan kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni tanlashadi. 

O’zbekiston – ustuvor yo’nalish

«OMAD GROUP» MCHJ – chipta sotish agentligi , «O’zbekiston havo yo’llari» MAK Sankt-Peterburg shahridagi subagenti hisboblanadi – bu o’z navbatida chiptalarni ushbu yo’nalishlarda sotishga imkon beradi: Sankt-Peterburg – Toshkent, Samarqand, Urganch, Buxoro, Farg’ona, Andijon, Namangan va h.k. Soha bozorida 2010 yildan beri ishlayotgan kompaniya O’zbekiston Respublikasi quqarolari va ularning yaqinlari uchun havo orqali sayohatlarni tashkil etishda o’zini juda yaxshi namoyon etdi hamda o’z oldiga jismoniy va yuridik shaxlar uchun samolyotda sayohat qilish imkonini yaratgan holda O’zbekistonning sayohat va biznes uchun jozibadorligini targ’ib qilish vazifasini qo’yadi. Yo’lovchilar oqimi tobora oshib bormoqda, bunda Sankt-Peterburgdan O’zbekistonning shaharlariga bo’lgan havo yo’nalishlari, jumladan, mamlakatlar o’rtasida yuzaga kelgan yaqin aloqalar tufayli ham tobora ommaviylashib bormoqda.   

Shunday qilib, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi sabablarga ko’ra «OMAD GROUP» kompaniyasini tobora ko’proq tanlab boshlashdi:

  • ona tilida maslahat olish imkoniyati;
  • individual yondoshuv;
  • tezkor maslahat va chiptalar qiymatini hisoblab berish;
  • marshrutni tanlab berish;
  • aviachiptalarni tezkor bron qilish (ofislarda yoki onlayn rejimda);
  • doimiy mijozlar uchun chegirmalar va b.

Kelajak aviatsiyaniki

Aviatsion transport – bu yo’lovchilarni tashishdan ko’ra ko’proq narsadir. U o’zaro bog’langan mexanizmlarning shunday murakkab tizimidan iboratki, yo’lovchilarning xavfsizligi bularga bog’liq. Bu sohada keskin raqobat mavjud bo’lib, «OMAD GROUP» o’z yo’lovchilari uchun aviakompaniyalarning eng yaxshi takliflarini tanlab oladi. Eng yangi fazo kemalari, terminallar, uchish jarayonini texnologik optimallash va nazorat qilish, uchish jamoasining muntazam mashqlari, fazo kemalari parkini doimiy ravishda yangilab borish va jahon sifat standartlariga rioya qilish – yo’lovchi tashuvchilar oldiga qo’yiladigan talablardandir. 

«OMAD GROUP» bilan xavfsizroq parvoz qiling!

Bizning jamoamiz

  • Aziz
  • Bahrom
  • Jama
  • Natalia
  • Yo’ldosh

Fikr-mulohazalar

  • Акмаль
    Срочно искал билет, ОМАД-ГРУПП выписали билет через Москву, так как такой маршрут оказался наиболее дешевым. Быстро долетел, всё хорошо, спасибо за работу парней, буду обращаться еще.

  • Азамат
    Мы корпоративный клиент Омад-Групп. Своевременно и в любое время отвечают оперативно, помогают подобрать оптимальный маршрут. Спасибо, приятно работать!

Qanday reysni tanlashni bilmayapsizmi? (shakni to’ldiring va bizning mutaxassislarimiz Sizga to’g’ri tanlov qilishda yordam berishadi)

Bepul maslahatga buyurtma berish

Bizga ishonishadi

«OMAD GROUP» agentligi yosh, ammo shu bilan birga «Oz’bekiston havo yo’llari» kompaniyasi Bosh agenti – Sankt-Peterburg sharidagi «AEROTUR» kompaniyasining yirik subagenti bo’lib, ham korporativ mijozlarga va ham jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatadi va aviachiptalar sotishda yetakchi hisoblanadi.

Hozirgi paytda «OMAD GROUP» «Oz’bekiston havo yo’llari» kompaniyasining Bosh agenti – «AEROTUR» va Rossiya bozorida faoliyat ko’rsatuvchi yetakchi agentliklar – «Pulkovo-Servis», «NORDVEST» bilan bevosita subagentlik shartnomalariga ega.

Sankt-Peterburg shahridagi ofislar:

  • «Ulitsa Dybenko» metros stansiyasi
    Bolsheviklar shohko’chasi 24-uy, 1-x.
    «UYUT» Savdo Markazi, 6-bo’linma
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)

  • Mayakovskiy/«Ploshad’ Vosstaniya»
    metro stansiyasi
    «Goncharnaya» ko’chasi 16-uy
    954-23-24 / +7 (953) 158-23-24

  • «Frunzenskaya» metro stansiyasi
    Moskva shohko’chasi 65-uy
    (mo’ljal: «7 shagov» universami)
    959-58-43